Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istondagi saylovlar yakunlandi
11.01.2021 11:44,  
221

Qozog‘istonda parlament Majilisi va mahalliy maslixatlar deputatlari saylovi yakunlandi, deb xabar beradi Kazinform.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 12 viloyatida saylov uchastkalari Nur-Sultan vaqti bilan soat 20:00da, 5 ta hududda esa soat 21:00da yopilgan. Shunday qilib, navbatdagi saylov kampaniyasi munosabati bilan ochilgan 12 ta viloyatdagi 8141 ta va 5 ta hududdagi 1853 ta saylov uchastkalari o‘z ishini yakunladi.Bundan tashqari, saylovchilar Qozog‘istonning 53 ta xorijiy davlatdagi vakolatxonalarida ochilgan 66 ta saylov uchastkasining 10 tasida ovoz berishdi. Ayni paytda boshqa mamlakatlarda ovoz berish hamon davom etmoqda. AQSH va Kanadadagi Qozog‘iston fuqarolari 11 yanvar kuni Nur-Sultan vaqti bilan soat 07:00da ovoz berishni to‘xtatadilar.

Ta’kidlash joizki, viloyatlar, respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlar va poytaxt saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, soat 20:00ga qadar ro‘yxatdagi jami saylovchilarning 63,1 foizi ovoz berishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан