Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istondagi toshqin oqibatlarini bartaraf etishga O‘zbekiston FVVdan 1475 xodim jalb qilingan
18.05.2020 11:26,  
147

Maqtaaralda tinimsiz suv so‘rib olish ishlari olib borilishi natijasida suv ostida qolgan yerlar o‘tgan kun davomida 1100 gektarga, jami 3100 gektarga kamaydi, deb xabar beradi Kazinform Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga tayanib.

Nurlijol, Firdavsiy, O‘rgebas, Dostiq va Jenis aholi punktlaridagi 1 030 ta uy hovlisidan suv to‘liq chiqarib yuborildi. 56 hovli va bog‘ uchastkalari hali ham suv ostida.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari kunu tun davom etmoqda. Bunga Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jami 1475 kishi, 219 ta transport vositasi, 13 ta suzish vositasi va 207 ta motopompa jalb qilingan.

Bugungi kunga qadar 6,2 million kubometrdan ortiq suv so‘rib olingan. Jami 22 km vaqtinchalik to‘g‘onlar qurildi. 87 mingdan ortiq qop taxlanib, suvni burib yuborish uchun 3 ta kollektor o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан