Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istondan O‘zbekistonga kiyiklar ko‘chib o‘tdi
4.06.2020 10:11,  
1047

Qozog‘iston biologik xilma-xillikni himoya qilish assotsiatsiyasi Qozog‘istondan O‘zbekistonga kiyiklar ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Qozog‘iston biologik xilma-xillikni himoya qilish assotsiatsiyasi va Qozog‘iston chegara xizmati Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi maxsus chegara punktlari orqali kiyiklar chegarani kesib o‘tganini isbotlaydigan dalillarni topdi.

2012 yildan boshlab assotsiatsiya Chegara xizmati va O‘rmon va yovvoyi tabiat qo‘mitasi bilan Ustyurt kiyiklar ko‘chishiga ko‘maklashish maqsadida ish olib bormoqda. 2015 yilda uyushmaning taklifiga binoan chegara xizmati har kilometrdagi sim to‘siqlarni qisman olib tashladi», - deyiladi tashkilotning Facebook sahifasida.

Uyushmaning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda birinchi marta kiyiklar O‘zbekiston tarkibiga kiradigan Ustyurt platosida kuzatildi.

«Ushbu yangilik Qozog‘iston chegara xizmati bilan birgalikda ikki mamlakat davlat chegarasidagi chegara zonasini borib ko‘rish uchun asos bo‘ldi. Shunday qilib, biz to‘g‘on bo‘ylab 7 ta punktda kiyik izlarini ko‘rdik. Assotsiatsiya ushbu yo‘nalishda ishlashni davom ettiradi. Bu yil chegara xizmati bilan birgalikda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda», - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан