Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston avtobusi avariyaga uchradi
13.05.2022 08:59,  
126

12 may kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Jaulin tumanida Olma-ota – Toshkent yo‘lining 571-kilometrida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi yordamchisi va yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomg‘ir va do‘l) tufayli ro‘y bergan, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.

Jambil viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyiga Jaulin tumanida to‘qqizta tibbiyot brigadasi yetib borgan.

Jualin tumani shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga yo‘lovchi avtobusi halokati munosabati bilan 48 nafar o‘zbekistonlik jabrlanuvchi murojaat qilgan. Ularning 38 nafari erkak, to‘qqiz nafari ayol va biri bola. 16 nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafari reanimatsiya bo‘limida, 12 nafari jarrohlik bo‘limida. Qabul bo‘limining diagnostika xonalarida 12 nafar bemor shifokor nazoratida qolmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Kerakli tekshiruvlar tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан