Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonning suv bosgan hududlarida xavfli baliq topildi
20.05.2020 08:05,  
4521

Turkiston viloyatining Maqtaaral tumanida oqova suvlardagi baliqlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi veterinariya nazorati va nazorati qo‘mitasiga asoslanib, Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

O‘zbekistondagi Sardoba suv omborining to‘g‘oni buzilganidan so‘ng Maqtaral tumani hududiga katta miqdordadagi suv bilan baliqlar ham o‘tishgan edi. Baliq namunalari 12 may kuni veterinariya laboratoriyasiga yuborildi. Ma’lum qilinishicha, hozirda Maqtaaral tumanida baliq ovi taqiqlangan. Baliqning ichki organlarida bakteriyalarning bir nechta turlari aniqlangan.

“Biz ekspertiza natijalarini oldik. Ma’lumotlarga ko‘ra, hammaga ogohlantiramiz: suv bosgan joylarda baliq ovlamang. Baliq ovlash faktini kuzatib boramiz, bunday holatlar bo‘lmasligi zarur“, — dedi viloyat inspeksiyasining baliqchilik boshqarmasi boshlig‘i Shaken Boranbay.

Ayni damda Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi oqava suvlardagi baliqlarni yo‘q qilishni boshlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан