Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi sel: yana uchta tumandagi ovullar suv ostida qoldi
14.05.2020 14:21,  
2331

Kuchli yomg‘ir tufayli Turkiston viloyatining yana uchta tumanida hovlilarni suv bosdi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Qazig‘urt tumanida suv Altinto‘be qishloq okrugi va Qarjan qishlog‘ida 2 uy, 1 poliklinika, 1 dorixona hovlisiga suv kirdi.

Jigergen ovul okrugida 30 uyning hovlisini suv bosdi va 4 ta ombor qulab tushdi. S.Raximov ovul okrugining Qizilata qishlog‘ida 4 uy va 1 masjidning hovlisiga suv kirdi.

Ko‘kibel suv omborini suv bosishi (151,0 ming kub metr) tufayli Ko‘kibel ovulidagi 27 oiladan 133 kishi Ko‘kibel maktabiga evakuatsiya qilindi va oziq-ovqat va tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.

Sayram tumanida kuchli yomg‘ir tufayli, Aqsukent, Qarasu, Qorabuloq va Mankent qishloqlaridagi 7 ta uyning hovlisida suv yig‘ildi.

Bundan tashqari, kuchli yomg‘ir tufayli Baydibek tumani suv ostida qoldi. Aqbastau ovul okrugining Turaqti qishlog‘ida yog‘ingarchilik tufayli Tutariq kanali 4 joyidan shikastlangan va ovul suv ostida qolgan. 2 ta ombor yiqilib, suv ostida qolgan uylar soni aniqlanmoqda.

Boralday ovul okrugining Qaratas qishlog‘idagi 6 uy va Boralday ovul okrugidagi A.Jumadilo‘g‘li ko‘chasidagi 6 ta hovliga suv kirgan. Zarar miqdori hisoblab chiqilmoqda.

Turkiston viloyatining To‘lebi tumanidagi Qasqasu daryosi o‘zanidan toshib, 4 ta ko‘prikni oqizib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Chimkentdagi 60 uyning hovlisini suv bosgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан