Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozonda sportning 22 turi bo‘yicha I Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari o‘tkaziladi
7.07.2020 15:51,  
140

Bugun Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida I Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarini o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov hamda vazirlikning boshqarma boshliqlari qatnashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasidagi mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyat tufayli ayni paytda ilk marotaba tashkil etilayotgan sport o‘yinlarini 2020 yil 4 sentyabrdan 11 sentyabrgacha o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Videokonferensiyada sport o‘yinlarini o‘tkazish tartibi, xavfsizlik choralari, tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.

Ma’lum qilinishicha, I Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarida sportning 22 turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Boks, sohil voleyboli, stol tennisi, badiiy gimnastika, suv palosi shular jumlasidan. Sportchilar bellashuvlarda 284 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.

Musobaqalarda 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etadi. Hozircha sport o‘yinlarida MDHga a’zo 7 mamlakatdan ming nafardan ziyod delegatlar qatnashishi kutilmoqda. Barcha delegatsiya a’zolarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni onlayn tarzda akkreditatsiya tizimida amalga oshiriladi.

"O‘yinlar Qozon shahrining 14ta sport inshootida bo‘lib o‘tadi. Sport o‘yinlari davomida «Sportchilar qishlog‘i»da ishtirokchilar uchun tibbiy markaz tashkil etilib, sport inshootlaridagi doping nazorat punktlari ochiladi. Shuningdek, bepul tibbiy yordam xizmatlari yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Yurtimizda joriy yilning 1 avgustiga qadar karantin qoidalari joriy etilgani bois mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda sportchilarimizning musobaqada ishtirok etishlari bo‘yicha yakuniy qarorni Respublika maxsus komissiyasi qabul qiladi" - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан