Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘p mukofotlarga sazovor bo‘lgan qozoq rejissyori Rossiya kino fondi tomonidan jarimaga tortilganidan shokka tushdi
5.02.2020 14:42,  
414

Davlat kinematografiya fondining qarori dunyo ekranlarida muvaffaqiyatga erishgan Markaziy Osiyo kino ijodkorlariga nisbatan prinsipial bosimdir, deb hisoblashadi kuzatuvchilar.

"Ayka" filmining rasmiy posteri. Film Moskvada ishlayotgan qirg‘izistonlik yosh ayol haqida hikoya qiladi. Filmning syujeti 2010 yildagi statistikaga asoslangan: o‘shanda qirg‘iz mehnat muhojirlari Moskva tug‘ruqxonalarida 248 yangi tug‘ilgan chaqaloqni tashlab ketgan. [Қозоғистоннинг Белгиядаги элчихонаси]

 

Taniqli qozoq rejissyori Sergey Dvorsevoy suratga olgan film Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan. Ushbu film bir qancha mukofotlarni qo‘lga kiritgan bir paytda filmni ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablag‘ning bir qismini Rossiya Kino Fondi qaytarib berilishini talab qilganidan Dvorsevoy hayratda qolgan.

Film rejadan ancha kechroq chiqarilgani bo‘yicha agentlik da’vo arizasini berdi.

Rossiyada ishlab chiqarilgan filmlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi Rossiya kino fondi Dvoretsevoydan "Ayka" filmi rejadan 4 yil keyin chiqarilganligi sababli, 100 ming yevro(110 ming dollar) to‘lashni talab qildi, deya xabar beradi AFP.

Filmning ijodiy guruhiga kino fondidan 28 million rubl (454,600 AQSh dollari) miqdorida mablag‘ kelib tushgan, bu esa film byudjetining atigi to‘rtdan bir qismini tashkil etadi.

"Ayka"da asosiy rolni o‘ynagan aktrisa Samal Yeslyamova. Bryussel, 2 may 2019 yil [Қозоғистоннинг Белгиядаги элчихонаси]

Dvorsevoyning ta’kidlashicha, kechikish qish sahnalarini suratga olish uchun haqiqiy qor yog‘maganligi sabab bo‘lgan. AFP bilan suhbatda u, film hujjatli uslubda olinganligi va shuning uchun sun’iy qorlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini, qo‘shimcha qildi.

"Men hayratda qoldim, bu mualliflik filmiku axir. Bizning daromadimiz bunday katta jarimani qoplay olmaydi", dedi Dvorsevoy.

Ushbu filmda asosiy rolni qozog‘istonlik aktrisa Samal Yeslyamova o‘ynagan. U 2018 yilda 71-Kann kinofestivalining "eng yaxshi ayol roli" uchun "Oltin palma novdasi" mukofotiga sazovor bo‘lgan .

Janubiy Qozog‘istonning Chimkent shahridan bo‘lgan rejissyor Sergey Dvorsevoy "Ayka"dan oldin Kann kinofestivalining tanlovida "Lola" filmi bilan "A special look"(O‘zgacha nazar) bosh mukofotiga loyiq deb topilgan.  Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab xalqaro kinofestivallarning to‘qqizta Gran-prisini qo‘lga kiritgan.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан