Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozoq xonandasi Jeki Channing yangi filmida saundtrek kuyladi (video)
29.09.2020 11:56,  
2173

Qozog‘istonlik xonanda Dimash Kudaybergen jahon kino yulduzi xitoylik Jeki Channing yangi filmida saundtrek kuyladi.

Dimash o‘z Instagram sahifasida Jeki Channing "Avangard" filmi 30 sentyabrda taqdim qilinishini va unda asosiy qo‘shiqni o‘z kuylagani haqida yozib qoldirgan. Film premerasi Singapurda bo‘lib o‘tadi. Bosh rolda Jeki Channing o‘zi o‘ynagan, shuningdek aktyorlar Yan Yan, Ay Lun, Miya Mutsi, Chju Chjentinlar bor. Film rejissyori Stenli Tun.

 

Kartina syujetiga ko‘ra, "Arktika bo‘rilari" xalqaro yollanma sindikati Buyuk Britaniyada xitoylik tadbirkor va uning qizini o‘g‘irlaydi. Garovga olinganlarni qutqarish uchun yagona umid - bu "Avangard" xalqaro xavfsizlik xizmati bo‘ladi. U barcha so‘nggi ilm-fan va texnologiyalar bilan qurollangan. Tezkor guruh boshqalar qila olmaydigan vazifalarni bajaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан