Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozoqcha demokratiya: vazirlar va hokimlar Nazarboyev tomonidan ma’qullanilishi kerak
21.10.2019 17:02,  
432

Qozog‘iston prezidentining 21 oktyabr, dushanba kuni qabul qilgan qaroriga binoan, bir qator vazirlarni tayinlashdan oldin prezident Qosim-Jo‘mart Tokayev sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning roziligini olishi zarur. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ayni paytda, janob Nazarboyev Elbasi (Elboshi) unvoniga ega. U yetakchi partiya Nur-Otan partiyasi hamda xavfsizlik kengashi rahbari hamdir.

Farmonga binoan, xavfsizlik kengashi raisi Nazarboyev uchta vazirdan boshqa barcha vazirni Prezidentdan oldin tasdiqlashi kerak. Faqat uchtagina vazir - tashqi va ichki ishlar hamda mudofaa vazirlarining nomzodi xavfsizlik kengashida ko‘rib chiqilishi kerak.

Ushbu jarayon viloyat hokimlarini tayinlashda ham amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 17 ta vazirlik hamda 14 ta viloyat hamda 3 ta respublika miqyosidagi shaharlar mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан