Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






QQS - bu soliq turimi yoki Qoqilib Qolishga Sababmi?
24.07.2020 13:54,  
448

Keyingi yillarda matbuot juda ko‘p sinovlarni boshdan kechirmoqda. Xabaringiz bor o‘tgan yillar “majburiy obuna” mojarosi bahona yoppasiga obunadan qochish holati kuzatildi. Bu boshqa mavzu albatta, bugungi kunda esa yana bir juda jiddiy masala  davriy bosma nashrlarni qiynamoqda. Ya’ni joriy yil QQS muammosi matbuotni kutib oldi.

Ilgarigi soliq qonunchiligimizga ko‘ra matbuot davriy nashrlarini chop etish, yetkazib berish borasidagi  faoliyat QQSdan ozod etilgan edi. Qonunchilikdagi bu bandni to‘liq eslatib o‘taman.

2019 yil 1 yanvardan amalda bo‘lgan Soliq kodeksining 208-moddasida quyidagilar belgilangan edi:

2019 yilning 1 yanvaridan qo‘shilgan qiymat solig‘idan, agar ushbu Kodeksning 212-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:

19) bosma mahsulotlar. Ushbu bandni qo‘llash maqsadida bosma mahsulotlar jumlasiga milliy valyuta (kupyura), kitob mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarining davriy bosma nashrlari (reklama to‘g‘risidagi bosma nashrlar bundan mustasno), daftarlar hamda rasm va chizmachilik albomlari taalluqlidir:

36) ommaviy axborot vositalarini va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari.

Tahririyatlar va obunachi tashkilotlar davriy nashrlarga 2020 yil uchun obuna narxini 2019 yilning iyul-avgust oylarida shakllantirgan bo‘lib, obunachilar 2020 yil obunasi uchun to‘lovlarni 2019 yilning sentyabr-dekabr oylarida amalga oshirganlar. Bunda o‘z o‘zidan ma’lum bo‘ladiki soliq kodeksiga 2020 yil 1 apreldan kiritiladigan o‘zgartirishlar inobatga olinmagan. Negaki ushbu o‘zgarish 2019 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilindi. Bungacha obuna mavsumi to‘xtagan, buyurtmalar berilgan edi. Endi tahririyat yoki obunachi tashkilot nima qilish kerak obunachini oldiga borib – Kechirasiz soliqqa ozgina yetmay qoldi, ozgina qo‘shib bering –deyishi kerakmi. O‘zi mutoalaga, o‘qishga odamlarimizni qaytarish usiz ham qiyin kechayotgan bir paytda. Soliq qonunchiligiga kiritiladigan o‘zgarishlarni xorij davlatlari tajribasida o‘rganadigan bo‘lsak, kamida bir yil yoki olti oy oldin e’lon qilinadi. Har bir tadbirkor, yoki tijorat tashkiloti keyingi yil xarajat va daromadlarini joriy yil yakuniga qadar o‘z smetasida hisobini olgan bo‘ladi. Bizda ham xuddi shunday hisob kitob qilinib, yagona soliq to‘lovchi tashkilot sifatida biznes plan tasdiqlangan. Endilikda QQS sabab barcha viloyat korxonalarimiz o‘z zarariga ishlamoqda.

Endi tarqatuvchilarni yana bir QQSga bog‘liq muammosi bor, amaldagi Soliq kodeksiga asosan, 2020 yil aprel oyidan boshlab tovaraylanmasi 1 mlrd. (bir milliard) so‘mdan ortiq bo‘lgan tahririyatlar QQS to‘lovchisi hisoblanadi. Lekin tovaraylanmasi 1 mlrd. (bir milliard) so‘mdan kam bo‘lgan tahririyatlar yagona soliq, ya’ni tovaraylanmadan 4 foiz soliq to‘laydi. Bu degani tovaraylanmasi kam Tahririyat QQS to‘lamasdan yagona soliq to‘lashi mumkun, nashrni tarqatuvchiga yetkazib bergandan keyin tarqatuvchi QQS to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Aytaylik 2000 (ikki ming) so‘mlik nashr uchun QQS to‘lovchi hisoblangan tarqatuvchi 300 (uch yuz) so‘m QQS to‘lashi kerak hali o‘zining soliqlari yoki boshqa xarajatlari haqida so‘z bormadi. Bu degani bitta nashr uchun tahririyat 4 foiz soliq to‘lamoqda, shu nashr uchun tarqatuvchi QQS va ustamadan soliqlar to‘lamoqda, ya’ni bitta nashr uchun ikki marta soliq to‘lanmoqda. Deyarli barcha viloyatlarimizdagi tumanlarda chop etiladigan nashrlar yagona soliq to‘lovchi hisoblanib, ularning moliyaviy holati havas qilar darajadamas. Ularning moliyaviy holatidan kelib chiqib, tarqatuvchilar tavsiya etilgan nashr ustiga odatda 10-12 % ustama qo‘yilgan. Endi tarqatuvchi o‘zi 10-12 % ustama qo‘ygan bo‘lsa, nashr uchun 15 %li QQSni qayerdan olib qo‘yadi. Hali oldinda tarqatuvchining xarajati va o‘zining QQS to‘lovi ham bor.

Respublika dararajasida tarqatiladigan nashrlarga garchi ustama ko‘proq qo‘yilsada, logistika xarajatlari yuqori bo‘lganligi sababli ham QQS hisoblansa korxona o‘z zarariga ishlaydi. Barcha xarajatlar maksimal darajada qisqartirildi, biroq bu ham samara berayotgani yo‘q.

Masala yechimi borasida mas’ul tashkilotlarga bir necha murojaatlarni qildik, lekin tayinli javob ololganimiz yo‘q. Murojaatimiz taqdirini surishtirganimizda  nufuzli davlat tashkilotining boshqarmasi mas’ulidan –Bunga o‘xshash masala bitta sizlarda emas, ko‘pchilikda uchramoqda-degan javobni eshtib tiling lol bo‘lib qoladi. Ko‘pchilikni qiynayotgan bo‘lsa demak qayta ko‘rib chiqish kerak bu masalani.

Men QQSdan butunlay ozod qilish kerak degan fikrdan uzoqman. Lekin amalga kiritish jarayonida, oldindan shartnoma qilib to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa 2020 yil davomida eski soliq to‘lovida qolish imkoniyati saqlanib qolinsin, 2021 yil boshidan to‘liq yangi tartibdagi (QQS) soliq to‘lovi hisobidan ish yuritilib, biznes rejalar ham o‘sha tartibda amalga oshirilsin-deb kiritish mumkin ediku. Tasavvur qiling xorijlik hamkoringiz bilan keyingi yil uchun, to‘lovni oldindan olib shartnoma imzoladingizda, birinchi chorak yakuniga yetib kechirasiz bizda soliq o‘zgardi yana to‘lov qimasang men mahsulot yetkazib berolmayman desangiz. Hamkoringiz qay holatga tushib qoladi.

D.Safarov.

“Matbuot tarqatuvchi” AK Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан