Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






QQS GM Uzbekistan faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
20.06.2019 18:29,  
142

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda qo‘shilgan qiymat solig‘i GM Uzbekistan avtomobillari narxlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga izoh berdi.

Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish tartiblari bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 1 oktyabrdan QQS bo‘yicha, jumladan qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, butlovchi qismlar, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalanuvchi materiallar va texnologik uskunalarga nisbatan bir qator imtiyozlar bekor qilish rejalashtirilmoqda. GM Uzbekistan kompaniyasining ham QQS to‘lovchisiga aylanishi kutilmoqda.

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning fikricha, QQS joriy etilganidan so‘ng kompaniya o‘z logistikasi, tashish va xarajatlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi.

«Bu bozor talabiga aylanadi. Biz 3 foizlik aksizni bekor qilib, qaysidir darajada yordam berishimiz mumkin. Biroq zavodning o‘zi tannarxlarni 10 foizga kamaytirishga harakat qilishi kerak. Busiz iloj yo‘q», — dedi u.

DSQ raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Andijonga tashrifi vaqtida mahalliy avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashgan, import qilinayotgan ehtiyot qismlardan 2−3 barobar arzon turuvchi mahsulotlar bilan tanishgan. Biroq GM Uzbekistan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan mahsulotlarni sotib olayotgani yo‘q, dedi u.

«Zavod import qiladi. Biz [компанияга] imtiyozlar berdik, biroq u ichki bozordan 2−3 barobar qimmatga import qilmoqda. Ertaga QQSni joriy etganimizdan so‘ng, hujjat bo‘ladi, hisob-faktura bo‘ladi. Unda barcha import narxlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozir hech qanday hujjatlar yo‘q: qayerdan, kimdan, qanchaga [сотиб олаяпти]. Hech kim tekshirmaydi. Chunki imtiyozlar bor. Soliqchiga bu kerak emas, chunki hatto tekshirgan taqdirda ham u: „Soliqlarni to‘lamasam, bu menga nima uchun kerak“, — deb javob beradi», — deya ta’kidladi DSQ rahbari o‘rinbosari.

GM Uzbekistan avtomobillari narxining ehtimoliy qimmatlashishi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, Mubin Mirzayev shusiz ham hozirgi narxlar baland ekanini ta’kidladi.

«Biz kompaniyalar uchun raqobat muhitini yaratamiz, import bo‘yicha [божхона божларини] qayta ko‘rib chiqamiz. Avtomobil yoki har qanday texnika ishlab chiqaruvchilariga ular o‘z xohishlari bilan narxlarni istagancha oshirmasliklari uchun raqobat muhitini yaratishimiz kerak», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, GM Uzbekistan kompaniyasi yillar davomida imtiyoz olganiga qaramasdan, bu avtomobilsozlik sohasini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga yordam bermadi.

2018 yil dekabrida General Motors Uzbekistan, SamAuto va JV MAN Auto-Uzbekistan kompaniyalari uchun QQSdan tashqari barcha soliqlar bo‘yicha imtiyozlar bekor qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан