QQS o‘zgarishi tufayli tadbirkorlar birinchi navbatda nima qilishlari kerak?

QQS o‘zgarishi tufayli tadbirkorlar birinchi navbatda nima qilishlari kerak?

Ma’lumki O‘zbekistonda 1 oktyabrdan Qo‘shimcha qiymat solig‘i 20 %dan 15%ga kamaytirildi. Ushbu munosabat bilan tadbirkorlar birinchi navbatda nima ishlarni amalga oshirishi kerak, degan savolga Soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev javob berdi.

– Shu kungacha nazorat-kassa apparatlari xotirasiga yozilgan formulaga muvofiq, xarid qilingan mahsulotlar uchun 20 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i saqlab qolinardi. 1 oktyabrdan bu amaliyot 15 foiz etib belgilangani bois nazorat-kassa apparatlarini qayta tizimlash zarurati tug‘iladi. Muddati tugamagan shartnomalarga esa tuzatish kiritiladi. Shuningdek, biznes sub’yektlari imzolagan har bir shartnomani qayta inventarizatsiya qilishi kerak, - dedi qo‘mita raisi.

Musayev aytishia qaraganda Soliq qo‘mitasi QQSni kamaytirish taklifini 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etishni taklif qilgan, lekin prezident ushbu amaliyotni 1 oktyabrdan joriy qilishga qaror qilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining tushirilishi natijasida respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyorida 10 trillion so‘mdan ortiq aylanma mablag‘ tejab qolinadi.