Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






QQS summasining noqonuniy hisobga olingani 98,4 foiz holatda tasdiqlandi
1.03.2021 09:09,  
881

Bu haqda Axborot xizmati xabar berishicha, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni o‘rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 28 fevral holatiga respublikamiz bo‘yicha jami 7 240 ta korxonada 728,8 mlrd. so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.

Natijada:

– 7 120 ta, ya’ni 98,4 korxonada (728,8 mlrd. so‘m) «soxta» operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;

– Shundan 103 ta tashkilotda (13,5 mlrd. so‘m) QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;

– 116, ya’ni nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 1,6 foiz soliq to‘lovchilar tomonidan 18,6 mlrd. so‘mlik QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olganligi holatlari bo‘yicha asoslovchi xujjatlar taqdim etildi.  

Shu sababli ulardan  ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlandi.  

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 156 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 mlrd. so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblandi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан