Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qurilish vazirligi Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik haqida izoh berdi
15.06.2020 20:39,  
350

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘li qurilishida yangi yo‘l o‘tkazgich va avtoyo‘l ko‘priklari qurilish ishlarining birinchi bosiqichi sifatida Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik bunyod etilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Yangi ko‘prik xavf ostida” nomli xabar yuzasidan, Qurilish vazirligi bayonot berdi.

Unda aytilishicha, Prezidentning 2018 yil 29 martdagi 3632-son qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu ob’yekt qurilish ishlariga buyurtmachi tashkilot “Ko‘prikqurilishta’mirlash direksiyasi” UK, bosh loyiha tashkiloti: “Ko‘prikqurilishloyiha” UK va bosh pudratchi tashkilot: 13-Ko‘prikqurilish otryadi” UKdir.

Qurilish ob’yekti 2019 yil yanvar oyida Toshkent viloyat qurilish nazorat inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ob’yektdagi qurilish-montaj ishlari ustidan o‘rnatilgan tartibda nazorat olib borilmoqda.

Hozirgi kunda ob’yektda qurilish-montaj ishlari loyiha hujjatlari talablari asosida 98% ga bajarilgan.

Chirchiq daryosi qirg‘oqlarini to‘rt tomondan monolit temir-betondan mustahakamlash ishlari loyiha hujjatlari talablari asosida 100%ga tugallangan.

Ko‘prik uchun ajratilgan mintaqada hech qanday noqonuniy qurilish ishlari olib borilmayapti.

Ko‘prik bosh tomonida o‘rnatilgan svay (buronabivnie) qoziqlari qazib o‘rnatilgan chuqurligi 23 m bo‘lib, geologik hulosalarga asosan ushbu joyda qum-shag‘al aralashmasi chuqurligi 30-35mni tashkil etadi.

Tosh maydalagichga tegishli bo‘lgan shag‘al qazib olish ishlari ko‘prikdan ancha uzoqda olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilganidek, ko‘prik bosh tomonida ko‘prik o‘qining chap tomonida noqonuniy shaxslar tomonidan shag‘al qazib olish ishlari olib borilayotgani yuzasidan esa ushbu faoliyat turi bo‘yicha litsenziya mavjudligi va bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Geologiya qo‘mitasi, Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolati dooirasidagi ishlardir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан