Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qur’oni karimni behurmat qilgan “bloger”ga jinoyat ishi ochildi
29.10.2020 23:20,  
2754

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli diniy adovatni qo‘zg‘atish va dindorlar orasida murosasizlikni keltirib chiqarishni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlar tarqalmoqda.

Xususan, joriy yilning  29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini “ateist”, deb tanishtirib, u tomonidan dinimizning ilohiy manbasi va eng muqaddas kitobi - Qur’oni karimga nisbatan hurmatsizlik aks etgan videolavha tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar qildi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, mazkur shaxs Mingbuloq tumanidan bo‘lgan Sherzod Turdiyev emasligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu videotasvirni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxs aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga jalb qilindi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov natijasiga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан