Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Quvada bir ayolni uch nafar erkak bir oy davomida nomusiga tekkanligi haqiqatmi?
19.01.2021 14:27,  
3104

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida ayolni uch nafar shaxs zo‘rlik ishlatib olib ketib, bir oy davomida ushlab turganligi va nomusiga tekkanligi haqida xabarlar tarqalgan. Farg‘ona viloyati prokuraturasi mazkur xabarlar rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, fuqaro S.R. (2001 y.t.) 22.09.2020 yilda Quva tumani IIBga murojaat qilib, uni 25.03.2020 yilda fuqaro T.S. Quva tumanidagi ko‘p qavatli uylarga olib borib, voyaga yetmagan D.J. va S.K. lar bilan birga uni va V.M. ismli ayolni bir oy davomida asossiz ushlab turganligi, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini bildirgan.

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, S.R.ni zo‘rlik ishlatib nomusiga tegilganligi, olib ketilganligi va asossiz ushlab turilganligi haqidagi vajlari ekspertiza xulosasi, tushuntirish xatlari va ish yuzasidan to‘plangan boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topmagan.

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan oxirgi marotaba 12.12.2020 yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

O‘rganish davomida tekshiruv jarayonini bevosita nazorat qilgan Quva tumani prokuraturasi xodimlari xatti-harakatlarida qonun buzilishi holati aniqlanmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан