Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Quvada jurnalistlarga hujum qilganlikda gumonlanib 4 kishi ushlandi
14.05.2020 17:34,  
676

Avvalroq, 13 may kuni “Effect.uz” sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchragani haqida xabar bergan edik. Muxbir Tojiboyevning aytishicha, holat Quva tumani hokimligida fuqaroning murojaati o‘rganilgandan so‘ng sodir bo‘lgan.

Farg‘onada jurnalistlar hujumga uchradi. Gumonlanuvchilar hokimiyatdan yollangani taxmin qilinmoqda (video)

Keyinroq, voqea yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgan edi. Ayni vaqtda Bosh prokuratura matbuot kotibi 4 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ushlanganini xabar berdi.

“EFFECT.UZ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi holati yuzasidan JKning 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi bo‘yicha 4 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda,“ — deyiladi prokuratura bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан