Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Quvaytda qirollik oilasi a’zosi qatl etildi
27.01.2017 12:16,  
19

Quvayt davlatida 2013 yildan beri birinchi marta o‘lim jazosiga hukm qilingan 7 nafar jinoyatchiga nisbatan hukm ijro etildi, deya xabar bermoqda Guardian​ nashri.

Dorga osilgan yetti kishi orasida qirollik oilasi a’zosi Faysal Abdulloh al-Jobir as-Saboh ham borligi ma’lum qilingan.Shahzoda Faysal qasddan odam o ’ldirish va noqonuniy qurol olib yurish kabi jinoyatlarda ayblangan. Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, Shahzoda Faysal qirollik oilasining boshqa bir a’zosini o‘ldirgani uchun 2011 yilda oliy jazoga hukm etilgan edi.

Shahzoda Bosil Salim Saboh as-Salim as-Saboh 2010 yilning iyun oyida Quvayt armiyasi kapitani Shahzoda Faysal tomonidan harbiy to‘pponchadan otib o‘ldirilgan edi. Shahzoda Bosil Quvaytning o‘n ikkinchi amiri Shayx Saboh as-Salimga nevara bo‘ladi. Uning otasi Shayx Slim as-Saboh Quvaytning AQSh va Kanadadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Chorshanba kuni qirollik oilasi a’zosidan tashqari yana Bangladesh, Filippin, Efiopiya va Misr fuqarolari hamda quvaytlik bir ayolga nisbatan qatl hukmi ijro etilgan. Quvaytlik Nasro al-Eneziy sobiq erining ikkinchi xotinga uylanish to‘yida qasddan yong‘in keltirib chiqargani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan. Yong‘in tufayli 57 kishi halok bo‘lgan va 90 kishi jarohat olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан