Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Quyma tilla” operatsiyasi...
11.03.2021 21:26,  
555

Qo‘shni mamlakatdan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqarolar G.A. va E.M. larning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.

Natijada, ushbu shaxslar tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ularning yuklari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 880 mln. so‘mlik 1,1 kg. “quyma tilla” borligi aniqlandi. Bu haqida Bojxona departamenti xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil   6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3512 sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 65 grammgacha bo‘lgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari bojxona to‘lovlarisiz olib kirilishi mumkin.

Hozirda yukoridagi holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmokda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан