O‘zidan nur taratuvchi qizlar

O‘zidan nur taratuvchi qizlar

Ular cho‘tkani uchini ingichkalash uchun tillariga tegizib, soat raqamlariga bo‘yoq surtishardi. Qiziqib, tirnoq va tishlarini bo‘yab olishardi. Ishdan so‘ng, haqiqatdan ham yonib turardilar. Hech kim ularga bo‘yoq o‘ldirishini aytmagan.

Radium Girls (Radiyli Qizlar) - US Radium kompaniyasining zavodida ishlagan qizlarni Amerika gazetalari shunday deb, atagan edi. Ayollar himoyasiz qo‘llarida radiy tuzlari bilan ishlaganliklari natijasida radiatsiyaning o‘ldiradigan miqdori qabul qilgan edilar.

Bu qanday yuz bergan edi:

“Radiyning sehri yordamida biz buni uddaladik!“ - deb, gazeta sahifalari jar solishgan edi.

Radiyli soatlar haqiqatda mo‘jizaviy edi. O‘sha davr odami uchun radiy sehrli yonib turuvchi, yoshlikni uzaytiruvchi, erkaklarni quvvatini oshiruvchi va ayollarni husniga husn qo‘shadigan substansiya edi. Shifokorlar tomonidan radiy davolovchi vosita sifatida har qanday kasalliklarga shamollashdan tortib, saratongacha tavsiya qilinardi.

O‘tgan asrning 20 yillarida AQShda US Radium (Amerika radiysi) korporatsiyasi mavjud bo‘lgan. US Radium raqamlari va millariga radiy moddasi qo‘shilgan qorong‘ilikda yonuvchi bo‘yoq surtilgan soatlarni Amerika armiyasiga yetkazib bergan. Bo‘yoq - Undark (qorong‘ilik aksi) deb nomlangan va yillar davomida o‘zidan nur taratib turgan. Soat raqamlariga bo‘yoq surtilishi bilan qizlarning qo‘l uchlari ham tovlanardi.

Buyoq bilan oddiy ishchi oilasidan chiqqan qizlar ishlab, har bir tayorlangan soat uchun 5 sentdan haq olib kelishgan. Soat raqamlarining ko‘rinishi kichik bo‘lganligi uchun qo‘pol cho‘tka bilan chizish imkoni bo‘lmagan. Qizlar raqamlarni ajralib turish uchun cho‘tkani uchini tillariga tekkizib ingichkalashtirib olishardi. Soatlarga bo‘yoq surtish uchun AQSh va Kanada bo‘ylab taxminan 4000 odam ishga olingan edi.

Soatning o‘n ikkita raqami, kuniga 200 ta soat, har bir raqamni chizishda qizlarning organizmida radiy zarrachalari to‘planavergan. Ularning hech biri hayot uchun xavfliligini hayollariga keltirmagan edilar.

Ish beruvchilar radiy xavfini bilishganmidi? Albatta. Modda kashf qilingan kundan boshlab, xavfli ekanlig​i​ni bilishgan. Qizlar qo‘llariga bo‘yoqli cho‘tka ushlashidan ancha ilgari odamlar radiydan zaharlanib o‘lishgan. Kompaniyada radiy bilan ishlovchi boshqa xodimlar qo‘rg‘oshinli etak va boshqa himoya vositalaridan foydalanishgan. Rahbariyat esa, radiy miqdori kamligi uchun qizlar sog‘ligiga xavf tug‘dirmaydi, aksincha, foydali deb hisoblagan, o‘sha davrda odamlar radiyli suv iste’mol qilishgan, do‘konlardan radiy bo‘yoqli tish pastasi yoki kosmetika sotilgan.

Barcha noxushliklar 1922 yili boshlangan edi.

US Radium ishchisi Greys Frayer tishlari tushib ketayotganligidan shikoyat qilib, tish shifokoriga uchragan, uning jag‘ida g‘ovaklashib ketgan edi. Bir oz vaqt o‘tib, jag‘i g‘ovlaganlarning soni ortib boraveradi, barchasi US Radium ishlayotgan yoki ishlaganlar ayollarni tashkil etardi. Keyinchalik kasallik (radium jaw) “radiyli jag‘“ nomi bilan atala boshlanadi. Kasallik natijasida jag‘ yemirilib ketardi.

Jag‘ g‘ovagidan omon qolganlar boshqa kasallik - “futbol koptogi kattaligidagi“ sarkoma tufayli olamdan o‘tib ketganlar. Stomatolog bir ishchi ayolning tishini olaman deb, jag‘i bilan sug‘urib olgan. Suyaklar sinishi, umurtqalarida muammolar paydo bo‘lishi ishchi ayollar uchun oddiy hol bo‘lib qolgan edi.

Mayya Kin ismli qiz 1924 yili ishga qabul qilinadi. Radiyli bo‘yoqning ta’mi unga yoqmaydi. Kin bir necha kun zo‘rg‘a ishlaydi, bundan xabar topgan sex boshlig‘i unga ishdan bo‘shashni taklif qiladi. Taklifga Kin rozi bo‘ladi.

“Ishdan bo‘shatgan bossga rahmat aytish uchun, u bilan boshqa uchrashish nasib qilmaganidan afsusdaman. Aks holda meni ham taqdirim ularnikiday bo‘lardi“, - deb aytgan edi.

Greys Frayer va yana to‘rt ayol korporatsiyani sudga berishadi. Sud ishi bir necha yil davom etgan, US Radium rahbariyati ishni o‘z foydasiga hal qilish uchun radiyli bo‘yoqning xavfsizligini sudyalarga isbotlab berishga urinishgan. 1928 yilda sud majlisi bo‘lib o‘tgan vaqtga kelib besh kishidan ikkitasi kasallik tufayli to‘shakka mixlanib qolgandi. Greys Frayer ko‘rinishini saqlab qolgan bo‘lsa ham mustaqil harakatlana olmaydigan va tishlaridan ajragandi.

Garvard universiteti fiziologiya professori Sesil Drinkerning hisobotida keltirilishicha:“Qorong‘ida soat raqamlariga bo‘yoq suruvchi ayollarning barcha a’zolari - sochlari, yuzlari, qo‘llari, bo‘yinlari, ko‘ylaklar hatto korsetlari o‘zidan nur chiqarib turardi...“

Sud US Radium​'ga barcha radiy qizlarga 10 000 va zavodda ishlagan har bir yili uchun 600 dollardan to‘lash ajrimini chiqaradi. Hozirgi kunga hisoblaganda $137 000 va $8 200 tashkil qiladi. Radiyli bo‘yoqdan zaharlanib o‘lganlar soni noma’lum, lekin o‘nlabni tashkil qiladi. Ayrim manbalarda keltirishicha, 50 kishidan ortiqni tashkil qiladi.

Mayya Kin 107 yil umr ko‘rib, 2014 yilda vafot etgan. U radiyli qizlarning so‘ngisi hisoblanadi.

1139