Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rahmonbek Usmonov yangi lavozimga tayinlandi
12.06.2021 20:39,  
127

Toshkent metropoliteniga «O‘zbekiston temir yo‘llari» qarori bilan yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yagona aksiyadori qarori bilan Usmonov Rahmon Jahongirovich «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari — «Toshkent metropoliteni» UK boshlig‘i etib tayinlandi. 

Ma’lumot uchun, Rahmon Usmonov 1960 yil 24 aprelda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1982 yilda Toshkent shahar 1-Avtokorxonasi uchastka ustasi sifatida boshlab, avtosaf boshlig‘i, katta muhandis, direktor o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

Shuningdek, turli yillarda «Toshshaharyo‘lovchiavtotrans» ishlab chiqarish birlashmasi boshlig‘i, «Toshshaharyo‘lovchitrans» uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Yakkasaroy tumani hokimi, Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, «Paxtakor» futbol klubi prezidenti, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi vazifalarida faoliyat yuritgan. 2012–2018 yillarda esa Toshkent shahar hokimi vazifasida ishlagan. Shundan so‘ng Avtomobil transporti agentligi rahbari birinchi o‘rinbosari, 2018 yil 3 oktyabrdan Yunusobod tumani hokimi bo‘lgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан