Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramazon hayiti kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00dan ish boshlaydi
11.05.2021 19:53,  
54

13 may, Ramazon hayiti kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00dan ish boshlaydi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 2021 yil 13, 14, 15, 16 may kunlari jamoat transporti harakatini quyidagicha tashkil etish belgilandi: 

  • 2021 yil 13 may - dam olish kuni, shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarning ish boshlash vaqti soat 4:00dan boshlanadi;
  • 2021 yil 14 may - dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2021 yil 15 may - dam olish kuni, shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2021 yil 16 may - dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 13 may kuni nishonlanadi. 14-15 may kunlari ham ishlanmaydigan kunlar deb belgilandi. 16 may esa yakshanba.

Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан