Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramazon oyining 15 kechasi osmondan ovoz keladimi?
28.04.2020 14:21,  
2313

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nomidan yana bir yolg‘on xabar tarqaldi. Emishki, bir yil keladiki, unda musulmonlarga zarar bo‘ladi, bu oyda Ramazonning birinchi kuni juma kuniga to‘g‘ri keladi, ro‘zaning o‘n beshinchi kunida osmondan qattiq ovoz keladi, ovozni eshitganlar darhol eshik derazalarni mahkam yopib, sajdaga yiqilinglar va sajdada “Subhanal Quddus, Robbuna Quddus”, deb aytinglar, shunda najot topasizlar. Yana ikkita ovoz keladi. Ularning birinchisi Jabroil alayhissalomning ovozi va ikkinchisi shaytonlarning ovozi. Ushbu paytda uydan chiqmay o‘tiringlar va hokazo. 

Bundan ilgari esa  Ramazonning kelishi haqidagi xushxabarni kishilarga yetkazgan kishiga do‘zax harom qilinadi degan xabar tarqagan edi.  

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi bu kabi xabarlar g‘irt to‘qima, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan gap so‘zlardan iborat ekanini bayon qildi

"Islom dinida yolg‘on so‘zlash gunohi og‘ir bo‘lgan amallardan hisoblanadi. Agar bu yolg‘on Rosululloh solallohu alayhi vasallamning nomlaridan to‘qilgan bo‘lsa, azobi yanada og‘ir bo‘ladi.  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  «Mening sizlarga ko‘p hadis aytishimni man qiladigan narsa Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: «Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘ini olaversin», deganlaridir», dedi».  (To‘rtovlari rivoyat qilganlar). Imom Muslimning rivoyatida:  «Albatta, menga yolg‘on to‘qish boshqa birovga yolg‘on to‘qishdek emas. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘ini olaversin», deyilgan", deyiladi vakillik bayonotida. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан