Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramzan Qodirov: "Dunyo yetakchilari Yaqin Sharqdagi keskinlikni oldini olishlari kerak"
14.09.2019 19:20,  
63

Islom dunyosi va jahon yetakchilari Yaqin Sharqda keskinlik o‘chog‘i paydo bo‘lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari kerak. Bu haqida Checheniston rahbari Saudi Aramco neft kompaniyasiga qilingan hujumdan so‘ng ma’lum qildi.

«Ishonchim komilki, butun islom dunyosi va jahon yetakchilari Yaqin Sharqda keskinlikning yangi o‘chog‘ini yaratish urinishlarining oldini olish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishlari kerak. Voqealarning bunday rivojlanishining oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydi», deb yozadi Qodirov o‘z Telegram-kanalida.

Qodirovning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonida Islomning asosiy ziyoratgohlari — Makka va Madina joylashgan. «Islomning ochiq yoki yashirin dushmanlari turli qurolli guruhlarning qo‘li bilan dunyoning eng muqaddas yerida bir yarim milliard aholisiga tajovuz qilmoqda. Biz qardosh Saudiya Arabistonida tinchlik va barqarorlik uchun Allohdan so‘rab qolamiz».

Avvalroq Al-Arabiya telekanali Saudiya Arabistonidagi Abkayk konida sodir bo‘lgan yong‘in haqida xabar bergan edi. AP xabariga ko‘ra, yana bir yong‘in Saudiya Arabistoni sharqidagi Dammam shahrida joylashgan yirik konda bo‘lgan. Ayni paytda ikkala kondagi yong‘in nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан