Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramzan Qodirov O‘zbekistondagi safar taassurotlarini ijtimoiy tarmoqda o‘rtoqlashdi
17.10.2017 12:46,  
14

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Grozniyga tashrif buyurishga va’da berdi, deb yozdi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram sahifasida.

Qodirovning aytishicha, u O‘zbekiston va uning poytaxtiga kelishni anchadan buyon kutgan.

"Toshkentda meni muhtaram prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Men do‘stona va iliq ruhdagi uchrashuv uchun Shavkat Miromonovichga minnatdorlik bildiraman. U mening aziz otam, Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmat hoji Qodirovni sirtdan yaxshi bilishi, uning terrorizmga qarshi kurashidan boxabar ekanligi men uchun yangilik bo‘ldi. U haqida imom Al Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori, Ahmat hojining ustozi va oilamizning yaqin do‘sti Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ko‘p marta gapirib bergandi", — deb yozadi Qodirov.

Checheniston rahbari shuningdek, O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbat haqida ham aytib o‘tgan.

"Men Ahmat hoji O‘zbekiston va uning xalqiga chin qalbdan mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lganligini aytib berdim. Biz iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyat, sport va investitsion siyosat borasida o‘zaro hamkorlikning qator masalalarini muhokama qildik", — deydi u.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar birgalikda O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasida mustahkam aloqalarni o‘rnatish, munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish, muntazamlik tusini berishga kelishib olishgan.

"O‘zbekiston xalqi Alloh muruvvati bilan Shavkat Miromonovich timsolida o‘z xalqi, o‘z yurtini cheksiz sevuvchi, butun hayotini o‘z Vataniga xizmat qilishga bag‘ishlashga tayyor haqiqiy yetakchiga ega bo‘lganiga ishonchim komil bo‘ldi. U O‘zbekistonni qanday qilib iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlangan va barqaror mamlakatga aylantirishni biladi! Men Shavkat Miromonovichga o‘ziga qulay vaqtda Rossiya regioni – Chechenistonga do‘stona tashrif buyurishni taklif qildim. Prezident Grozniyga borishga va’da berdi!", — deb yozadi Ramzan Qodirov.

Bugun Qodirov Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан