Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramzan Qodirov o‘zining Tramp bilan o‘xshash tomonlarini ma’lum qildi
9.01.2021 11:25,  
236

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh prezidenti Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunti bloklanganiga izoh berdi va o‘zini Oq uy rahbari bilan taqqosladi. U Telegram-kanalida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Endi biz Tramp bilan o‘xshashmiz: ilgari u meni ijtimoiy tarmoqlarda bloklab qo‘ygandi, endi Parvardigori olam adolatni tikladi. Natijada isyonkor Donald Trampning akkauntlari ham bloklandi», — deya yozib qoldirgan u.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp demokratiya va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lganida edi, u bilan bunday vaziyat yuzaga kelmas edi.

Avvalroq bir qator eng yirik ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntini bloklab qo‘yishgandi. Bundan tashqari, Twitter bilan YouTube Trampning Kapitoliy oldidagi namoyishchilarga murojaat qilib, ularni uylariga ketishga undagani va ovozlar undan «o‘g‘irlangani» da’vo qilingan videoni bloklab qo‘ydi. Keyinchalik Amerika rahbarining Twitterdagi akkaunti blokdan chiqarildi.

6 yanvar kuni respublikachilarning isyonkor tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini qurshab olishdi. Senat va Vakillar Palatasining o‘tgan saylov natijalarini tasdiqlash rejalashtirilayotgan yig‘ilishi to‘xtatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident saylovlarida Bayden g‘alaba qozondi. Namoyish paytida besh kishi halok bo‘ldi. Politsiya 70 ga yaqin tartibsizliklar ishtirokchilarini hibsga oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан