Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti bo‘lishni xohlaydimi?
24.12.2018 00:27,  
17

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jurnalistlarga bergan intervyuda o‘zini Rossiya prezidenti lavozimida ko‘rmayotganini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u hatto federal vazirlikka rahbarlik qilmaydi va o‘z karerasini Checheniston rahbari sifatida yakunlamoqchi.

“Albatta yo‘q. Men hattoki hukumatdagi biron eng yengil vazirlikka rahbar bo‘ladigan darajadagi inson emasman. Men Checheniston Respublikasi rahbari sifatida kareramni tugatishni istayman”, - dedi Qodirov.

Qodirov Vladimir Putin o‘zini davomchisi deb aytgan inson ortidan ergashishga tayyor ekanligini aytdi.

“Putin kimni aytsa, uning ortidan boraman. Putinning so‘zi men uchun qonundan ustun. Men undan hayotim uchun qarzdorman”, - dedi u.

Checheniston rahbari Putinning har qanday buyrug‘ini 100 foizga bajarishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан