Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga videotabrik yo‘lladi (video)
25.07.2018 15:24,  
46

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Prezident Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va o‘zining «V Kontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida videorolik e’lon qildi. 

«Checheniston va O‘zbekiston o‘rtasida iliq va do‘stona munosabatlar shakllangan. Bu munosabatlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining ruhiga to‘la mos keladi. O‘tgan yilning kuzida O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakat yetakchisi Shavkat Miromonovich, hukumat rahbarlari, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimlari bilan uchrashganman, korxonalar va har qanday musulmon kishi uchun muqaddas bo‘lgan joylarga borganman», — deb yozgan Qodirov.

Checheniston rahbarining so‘zlariga qaraganda, Mirziyoyev bilan muloqot chog‘ida u O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar kutilayotganini his qilgan.

«O‘tgan davr bu bashoratlarning asosli bo‘lganini isbotladi. Men Shavkat Miromonovichni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklayman, mustahkam sog‘liq tilayman. Shuningdek, O‘zbekistonga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilab qolaman».

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан