Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ramzan Qodirovning o‘tgan yilda qancha daromad qilgani ochiqlandi
8.08.2020 12:42,  
1207

2019 yilda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 147,9 million rubl (20,5 mlrd. so‘m) pul topgan. Bu haqda Qodirov to‘ldirgan deklaratsiyasiga tayanib Meduza xabar beradi.

Bir yil davomida Ramzan Qodirovning daromadi 20 baravar oshdi: 2018 yilda u 7,8 million rubl (hozirgi kurs bo‘yicha 1,078 mlrd. so‘m) ishlab topganini e’lon qilgan edi. Qodirovning rafiqasining daromadi 2018 yildagi 60 ming rubldan 2019 yilda 2,4 million rublgacha o‘sdi.

O‘tgan yil davomida Checheniston rahbari 28,4 ming kvadrat metr maydonli yerda yashagan. 2018 yilda bo‘lgani kabi, Qodirovning shaxsiy yer-maydoni 3,6 ming kvadrat metr va turar-joy binosi 2344 kvadrat metrga teng.

Deklaratsiyada Qodirov va uning rafiqasining daromad manbalari (masalan, ko‘chmas mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni sotish) to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

2011 yilda Qodirov BBC rus xizmatining Chechenistonni moliyalashtirish manbalari haqidagi savoliga javob berar ekan, respublikaga pulni "Alloh beradi" degan edi: "Bilmayman. Pul bir yerdan keladi”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан