Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rashid Qodirovning hashamatli uyi 10 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi
19.11.2019 08:11,  
5422

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda «Daryo» manbalari xabar berdi.

Sobiq bosh prokurorning uyi 10 007 940 000 so‘m (o‘n milliard yetti million to‘qqiz yuz qirq ming so‘m) boshlang‘ich narx bilan ochiq savdoga chiqarilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hashamatli uy sobiq bosh prokurorning rafiqasi nomida bo‘lgan.

Rashid Qodirov 2019 yil iyun oyida 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima bilan jazolangan edi. U pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан