Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rashid Qodirovning jinoyatlari aks etgan hujjatli film namoyish etiladi
19.08.2019 21:03,  
291

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning faoliyati davomida qilgan jinoyatlari aks ettirilgan hujjatli film namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi «7news.uz».

Qayd etilishicha, siyosiy sharhlovchi, jurnalist Komiljon Shamsiddinovning kadr orti ovozi ostida tayyorlangan filmda qator o‘zgarishlar bo‘lgan.

Filmni tayyorlash jarayonining boshlanishida lavhalar va filmdan o‘rin olgan kadrlarni Komiljon Shamsiddinov sharhlagan va keyinchalik «ovoz»da o‘zgarish bo‘lgani aytilmoqda.

MTRKning ijodiy va texnik guruhi a’zolari tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuvdan sobiq bosh prokurorning mansab vakolatini suiiste’mol qilgani, poraxo‘rligi va shunga o‘xshash qator og‘ir jinoyatlarda ayblangani aks ettirilgan faktlar o‘rin olgan.

Ko‘rsatuv tayyor va u katta ehtimol bilan avval «O‘zbekiston 24» va qisqa vaqt farqi bilan barcha davlat va xususiy telekanallar orqali efirga uzatilishi aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан