Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rashk tufayli qotilga aylangan er 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi
9.10.2019 00:37,  
638

Namangan viloyatida fuqaro rashk tufayli o‘z xotinini pichoqladi. Bu haqda sof.uzga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi katta konsultanti Akramjon Aripov xabar qildi.

Farida oshxonada salkam o‘n yildan buyon ofitsiant bo‘lib ishlardi. Eri Eldor uni shu yerda uchratgan, yoqtirib uylangan edi. Ammo to‘ydan keyin xotinining kasbi yoqmay qoldi, tinimsiz rashk qiladigan bo‘ldi.

...O‘sha kuni ertalab er-xotin ertaga hovlilarida pishirilajak sumalak maslahatini qilishdi. Farida ishga borib keladigan, Eldor sumalak uchun qozon-o‘choq topib, hovliga o‘rnatadigan edi.

Muqaddam to‘rt marotaba sudlangan, ikki bor uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinib jazo o‘tagan, bo‘yni ishga yor bermaydigan Eldor xotinining ortidan oshxonaga bordi. Shu yerning o‘zida janjal ko‘tardi.

Erini jahldan tushirishga ko‘zi yetmagan Farida shu yaqin atrofdagi ota uyiga chopdi.

– Aka, erim oshxonada to‘polon qilyapti, uni aldab uyga olib boring, men hisob-kitobimni qilib, ortlaringdan yetaman.

Har qancha zarur yumushlari bo‘lsa ham, singlisining oh-zoridan o‘tolmagan G‘ayratbek u bilan oshxonaga yo‘l oldi. Bu vaqtda kun asrga borib qolgandi.

G‘ayratbek kuyovi bilan gaplashib tashqariga chiqdi. Kafega o‘tib, pivo ichishdi. Salgina hovuridan tushganday bo‘lgan kuyovni uyiga boshladi.

– Ishlamasa ishlamas, faqat bugun hisobini qilib bersin. Ertadan chiqmaydi ishga. Yuring, biz uyga borib turamiz...

Ularning ortidan yetib kelgan Farida o‘choq-qozonning o‘rnatilmaganini ko‘rib siqildi.

– Mening ortimdan poylab borguncha shuni qilsangiz bo‘lardiyu...

Bu gapdan keyin Eldor yana xotiniga o‘shqira ketdi.

– G‘azablanmang, Eldorbek, men ham shu yerda qolaman, ertalab erta tursak ulguramiz, yaxshisi, ertaroq dam olinglar.

Er-xotinning janjali ichkarida ham to‘xtamadi. Kishini vahimaga soluvchi to‘s-to‘polondan qo‘shni xonada yotgan G‘ayratbek ko‘z yuma olmasdi.

“Yordam bering!!!”

Bu gap uni xonada qolishiga yo‘l qo‘ymadi. Ammo ichkaridagi ahvoldan o‘zini yo‘qotib qichqirdi: “Nima qilib qo‘yding?!”

Kuyov qo‘lida qonli pichoqni ushlagancha turardi. Yuztuban yotgan singil bazo‘r shivirladi: “Aka, do‘x...tir chaq...qiring”.

G‘ayratbek shoshgancha qo‘shni devordan qichqirib “Tez yordam” chaqirishlarini aytdiyu ortiga chopdi. U yetib kelganda Eldor xotinining sochidan ushlab, bo‘g‘ziga pichoq tirab turardi.

– Yo‘q! Unday qilma, iltimos! Pichoqni tashla! Tashlaa!!!

Er pichoqni tashlamadi, aksincha o‘z ayolining bo‘g‘zidan tortib yubordi.

Shifokorlar kelganda Faridaning joni uzilib bo‘lgandi...

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining sudyasi D. Ahmadaliyeva raisligida ko‘rilgan sud majlisi yakuniga ko‘ra, noqobil er O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j”bandi bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан