Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasman: Ayo Sofiyaning masjid maqomi qayta tiklandi
11.07.2020 15:36,  
287

10 iyul, juma kuni Turkiya Davlat Kengashi (Oliy Sudi) 1934 yili Vazirlar Mahkamasi chiqargan "Ayo Sofiyani muzeyga aylantirish haqidagi qaror"ni bekor qilib, unga masjid maqomini qaytardi. Ushbu qaror Turkiya hukumatiga Ayo Sofiya muzeyini masjidga aylantirish uchun qonuniy imkoniyat berdi.

Turkiya ichidagi ushbu masala butun dunyo bo‘ylab jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim din arboblari va madaniy tashkilotlar bu qadamga qarshi chiqib, yodgorlik butun insoniyatga tegishli, deb aytishdi. Turkiya sudi bu masala bo‘yicha 2 iyul kuni yakuniy qaror qabul qilishi kerak edi, ammo 17 daqiqalik ko‘rib chiqqandan so‘ng, sud hukmi 15 kun ichida e’lon qilinishini ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq, agar Turkiya davlat kengashi maqomning o‘zgarishini ma’qullasa, ibodatxonada birinchi namoz 15 iyul kuni o‘qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

O‘tgan yili bahorda mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on Ayo Sofiya muzeyi maqomi qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi haqida gapirgan edi. Xabar qilinishicha, bu Vashington tomonidan Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishiga o‘ziga xos javob bo‘lgan.

Foto: Twitter/ RTErdogan

 

G‘arb reaksiyasi

Muzeyni masjidga aylantirish rejasiga AQSh, Gretsiya, Rossiya va hatto Turkiyaning ayrim siyosiy va diniy arboblari qarshi chiqdi.

Ayniqsa, bir necha kundan beri Rossiyaning hukumatga qarashli yetakchi nashrlari tinmay ushbu qarorni muhokama qilmoqda. Gretsiya esa bu qarorni "ochiq provokatsiya" deb atadi va ayni qaror yuzasidan Turkiyaga sanksiya kiritish takliflari ham bo‘ldi. 

YuNESKO bu voqeadan chuqur afsusda ekanligini bildirdi. 1985 yilda Ayo Sofiya YuNESKOning butun jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Rus pravoslav cherkovi bu qarorni qoralab, millionlab nasroniylarning his-tuyg‘ulari e’tiborga olinmasligini aytdi. Konstantinopol patriarxi Varfolomey, Ayo Sofiyani masjidga aylantirish butun dunyo bo‘ylab millionlab nasroniylarni Islomga qarshi qilib qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi.

"Ayo Sofiya muzey sifatida xristianlik va islom o‘rtasidagi uchrashuv, hamjihatlik va o‘zaro tushunish joyi va timsolidir", - dedi u.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Ayo Sofiyani masjidga aylantirishdan voz kechish haqidagi chaqirig‘iga javoban, Anqara boshqa davlatlarning nuqtai nazarini hisobga olmagan holda muzeyning maqomini o‘zgartirish huquqiga egaligini ta’kidladi. 

Ayo Sofiya Istanbulning asosiy ramzlaridan biri va shaharga tashrif buyuradigan ko‘plab sayyohlar uchun diqqatga sazovor joydir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан