Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasman: Eldor Shomurodov Italiyaning «Jenoa» jamoasiga o‘tdi
1.10.2020 18:44,  
554

«Rostov» o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov «Jenoa»ga o‘tayotganini e’lon qildi va u bilan xayrlashdi. 

«Biz «Jenoa» bilan Shomurodovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdik», – deb yozadi klub matbuot xizmati.

 

Klub uning xayrlashuvi bo‘yicha ajoyib rolikni namoyish qildi. 25 yoshli futbolchi jamoaga o‘zinining eng yaxshi tilaklarini bildirdi.

«Qadrli «Rostov» muxlislari, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Bu yerda doim baxtli edim. Klub doim hayotimning bir qismi bo‘lib qoladi. Gollarimdan keyingi xursandchiliklaringizni xech qachon unutmayman. Sizlarga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va xodimlardan minnatdorman. Doim «Rostov» muxlisi bo‘lib qolaman», – deydi hujumchi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov «Rostov»ga 2017 yili o‘tgan edi. U klub safida 91ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан