Eron koronavirusning ikkinchi to‘lqinini boshidan kechirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy chorshanba kungi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Avvalroq, Eron hukumati inqirozdan keyin mamlakatda koronavirus tarqalishining ko‘payganiga qaramay, mamlakatda hali ham COVID-19 birinchi to‘lqinini boshdan kechirayotgani aytilgan edi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, birinchi to‘lqin shimoliy va markaziy qismlarga ta’sir ko‘rsatgan, ikkinchi to‘lqin, may oyining o‘rtalarida boshlangan, mamlakatning janubiy mintaqalariga ko‘proq ta’sir qilmoqda.
"Biz koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan o‘tishga qodirmiz", - dedi Ruhoniy rasmiy televedeniye orqali namoyish etilgan hukumat yig‘ilishida.
Birinchi to‘lqin 19 fevralda boshlangan edi. O‘shandan beri mamlakatda 262 mingdan ortiq COVID-19 kasalligi aniqlangan, ulardan 13,2 mingga yaqini o‘lim bilan yakunlangan. 225 mingdan ortiq odam tuzalib ketdi. Fevral va mart oylarida Eron Italiya va Koreya bilan birgalikda Xitoydan tashqaridagi ilk COVID-19 o‘chog‘iga aylangan edi. Keyinchalik fors hukumati vaziyatni nazoratiga oldi. Biroq so‘nggi oyda o‘lim darajasi ikki raqamli ko‘rsatkichlardan uch raqamli ko‘rsatkichlarga qadar ko‘paydi.