Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasman: maktab bitiruvchilari kamida bitta, musiqa o‘qituvchilari esa uchta musiqa cholg‘ularini chalishni bilishi shart
4.02.2022 21:42,  
86

Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi.

Musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o‘quv soati hamda unga qo‘shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish amaliy to‘garaklari va fakultativ darslari o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Musiqa fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholg‘u” shiori ostida cholg‘u ijrochiligi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi.

Belgilanishicha, har yili o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida “ta’lim muassasasi – tuman (shahar) – viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) – respublika” kesimida madaniyat va san’at sohasidagi respublika ko‘rik-tanlovlari tashkil etiladi.

Barcha davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, konsert, sirk va teatrlarga kirish uchun bilet va abonementlarni xarid qilish amaliyotini joriy etadi.

Aholi orasida keng ommalashgan Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” nomli sahifalar tashkil etilib, ular orqali Jamg‘arma mablag‘lari hamda sahifalarni yuritishdan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan o‘zbek xalqi milliy madaniyatini targ‘ib etuvchi quyidagi tanlovlar joriy etiladi:

Musiqa cholg‘ularida (milliy, opera, simfoniya, oratoriya, estrada, boshqa mumtoz va zamonaviy janrlarda) bajarilgan eng yaxshi 100 ta ijro;

– Eng yaxshi 100 ta milliy qo‘shiq;

– Eng yaxshi 100 ta milliy musiqiy klip;

– Karaoke yordamida qo‘shiq ijro qilishga mo‘ljallangan, eng yaxshi 100 ta musiqiy kompozitsiya (qo‘shiq matni bilan);

– Davlat va xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan eng yaxshi 50 ta spektakl.

Bunda, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar yil davomida joylashtirilgan va har yili 15 dekabr holatiga foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan ijrolar orasidan aniqlanadi hamda Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan tegishlicha BHMning 50 baravarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Yuridik shaxslarning foyda solig‘i hamda aylanmadan soliqni hisoblashda soliq solinadigan baza ushbu tashkilot xodimlari va ularning oila a’zolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan, ushbu tadbirlarga kirish uchun biletlar xarid qilishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etadigan tashkilotlar uchun aylanmadan soliq va ijtimoiy soliq stavkasi 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан