Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasman: Masjidlarda juma namozlarini o‘qish bo‘yicha karantin cheklovlari bekor qilindi
10.08.2021 22:10,  
795

«O‘zbekiston Respublikasida ham xorijiy davlatlardagi singari koronavirus infeksiyasidan emlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

 Bu borada jahon tajribasi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanish darajasidan kelib chiqib, ayrim faoliyat turlariga ruxsat berilayotganligi hamda emlangan fuqarolar uchun karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatayotganligini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 8 avgustdagi qarori bilan umumiy ovqatlanish ob’yektlari bilan bog‘liq karantin cheklovlari yumshatildi. 

Yuqoridagilar asosida Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholini ommaviy emlash ishlarini jadallashtirish, shuningdek, aholiga diniy ibodatlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan kiritilgan takliflar har tomonlama muhokama qilindi. 

Muhokama natijalari bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil  13 avgustdan e’tiboran:

masjidlarning barcha ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan taqdirda ushbu masjidlarda juma namozini o‘tkazishga ruxsat berish;

masjidlarga juma namozini o‘qish uchun koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) to‘g‘risidagi takliflari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’qullandi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarga ham mazkur tartibni tatbiq etishni tavsiya qilindi. 

Shu bilan birga diniy ibodatlarni ado etish jarayonida tashrif buyuruvchilar tomonidan tibbiy niqobda bo‘lish hamda ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha karantin cheklovlariga qat’iy rioya etilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан