Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Rasmiylarning barcha gapi yolg‘on" - rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini xabar qildi
18.07.2020 09:42,  
2718

17 iyul, juma kuni rejissyor Sarvar Karimov o‘zining tvitter sahifasida otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Otasi koronavirusga chalingach, bir hafta davomida uyda davolangan, "Tez yordam" chaqirilganda, ular bemorning isitmasi bo‘lmasa bormasligini aytgan.

"Ularni ham tushunaman, na dorisi bor, na himoya vositasi. Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang", - deya tvit qoldirdi Sarvar Karimov.

Shuningdek, butun oila ham koronavirusga chalingan va bu rasman tasdiqlangan. Oila ham uyda davolanishni davom ettirgan. Va ushbu post kecha tvitterda e’lon qilingach, Sarvar Karimov, akasi va singlisi Yunusobod tumanidagi Nuroniy sanatoriysiga olib ketilgan.

Sanatoriyda ham vaziyat u qadar yaxshi emas. Ma’lum bo‘lishicha, 8 ta qavat uchun bitta infeksionist va ikkita terapevt bor. Boshqa vrachlar yo‘q, apparatlar yo‘q, deya qo‘shimcha qildi rejissyor.

"Davlatga ishonmang. Rasmiylarning barcha gapi yolg‘on. Ishonch raqamlariga telefon qilib tushib bo‘lmaydi, tushsangiz ham boshqa nomerni berib yuboradi. Biz dadamizga bir hafta skoriy chaqirolmadik. Axiri o‘pkalariga o‘tib ketib, jonlari uzildi. 63 yoshda edilar. 10 kun avval soppa sog‘ edilar. Bu gaplarni yozishimdan maqsad - davlat yordamidan umidingizni uzing. Ko‘chaga chiqmang, ayniqsa kattalarni ehtiyot qiling", - deydi Sarvar Karimov.

Sarvar Karimov "Sehrli qalpoqcha", Chingiz Aytmatov asari asosida olingan "Sarvqomat dilbarim" filmlari rejissyori. Shuningdek, 2019 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlardan oldin ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan "Qo‘ldan kelgancha partiyasiga ovoz bering" videoroligini ham shu rejissyor suratga olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан