Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev: Bloger Otabek Sattoriyni ishi bo‘yicha deyarli hammasi oydinlashib qoldi. Buni tushunmaslik uchun ko‘r va aqli noqis bo‘lishi kerak
26.03.2021 10:20,  
1022

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev sud tizimida axborot almashish va surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha munosabat bildirdi. 

U o‘z fikrida quyidagilarni keltirgan:

"Kecha yalpi majlisda tuman va shaharlardagi sudlarning mahalliy  deputatlarga axborot berishini sudning mustaqilligi uchun halaqit berayapti, deb qonunni o‘zgartirishni istayotgan Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov boshliq sud hokimiyati uchun bloger bilan bog‘liq bu ish haqiqiy sinov bo‘ladi menimcha: sud mustaqilmi, yo‘qmi? "

Bundan tashqari, sudlarning mahalliy Kengash deputatlari oldida vaqti-vaqti bilan axborot berib  borish tashabbusi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashabbus qilingan va shu asosda qonunga o‘zgartirish kiritilganligini qo‘shimcha qilgan. 

Shu o‘rinda savol yuzaga kelmoqda. Kusherbayev bunga munosabat bildirib, "O‘z vaqtida buni ijobiy qabul qilgan Oliy sud rahbariyati, bugun bu sudning mustaqilligiga halaqit berishini aytmoqda. Savol: o‘sha vaqtda nega Oliy sud buni aytmadi?" - deya ta’kidlagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, sudning mustaqilligiga halaqit berayotgan asosiy omillar bu kabi axborot berishdan ko‘ra boshqa kattaroq sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

" Nima bo‘lgandayam biz sudning to‘la mustaqil bo‘lishini qo‘llab quvvatlaymiz, agar bu tizim haqiqatda mustaqil bo‘lib, adolat yo‘lida ishlashni istasa albatta." - degan deputat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан