Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev orzusidagi Oliy Majlis qanday bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi
9.01.2021 22:30,  
557

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev 8 yanvar kuni O‘zA tomonidan o‘tkazilgan «Yil tanlovi-2020»ning taqdirlash marosimidan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi.

Kusherbayev OAV vakillarining «Siz orzu qilgan Oliy Majlis qanday bo‘lishi kerak?», degan savoliga shunday javob qaytardi:

«Men orzu qiladigan Oliy Majlis xalqni – yurtdoshlarimizning irodasini to‘la-to‘kis, hech qanday to‘siqsiz qonunlarda aks ettira oladigan, Oliy Majlis qabul qilayotgan hujjatlar, ya’ni qonunlar so‘zsiz ijro etilishi mumkin bo‘lgan darajaga chiqadigan joy bo‘lishi kerak. Men orzu qilgan Oliy Majlis hech kimni to‘siqsiz kirib-chiqish imkoniyatini ta’minlaydigan, odamlar istagan vaqtida, hatto hujjati bo‘lmasa ham kirib, vakillar nima ish qilayotganini kuzata olish imkoniyatini beradigan haqiqiy eng shaffof, ochiq joy bo‘lishi lozim.

Oliy Majlisda odamlar o‘z orzu, maqsad va niyatlari ijobatini ko‘radigan joy sifatida ko‘rishi kerak. Konstitutsiyamizda ham bor-ku, xalqning irodasini namoyon qiladigan joy – mana shu Oliy Majlis bo‘lishi lozim, hamma ishlarimiz shu qabul qilinayotgan qonunlar asosida yuritilishi kerak. Bu, demak, davlatning eng olg‘a kuchi, eng olg‘a lokomotivi bo‘lish kerakligini taqozo qiladi. Men ishonamanki, xalq irodasidan ko‘ra katta kuch yo‘q. 34 million xalqni bir zalga yig‘ib qo‘yishning imkoni yo‘q. Shuning uchun uni vakillarini yig‘adigan joy deydigan bo‘lsak, aslida undan katta kuch, undan katta o‘rin bo‘lishi mumkin emas. Davlat, jamiyat aslida shunday bo‘lishi kerak.

Odamlar ham nimadandir qoniqmaydigan bo‘lsa, vakillarini almashtira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zidan Oliy Majlisning shu darajaga erishib borishi xalq hokimiyatchiligini qaysi darajaga yetganligini ko‘rsatib beradi», — dedi Rasul Kusherbayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан