Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev: O‘zimizga yaxshi baho beramiz, chunki «yerni chuqurroq haydayapmiz»
23.05.2021 17:07,  
900

«Toshkent Besh tashabbus harakati» yoshlar festivalida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev barcha deputatlarni ham xalq tanimasligi, ularning ko‘rinish bermasligi haqida berilgan savolga javob berdi — deya yozmoqda ’Daryo.uz’ nashri.

«Deputatlarni nega tanimaymiz deysizmi? Unda siz ‘Axborot’ni ko‘rmas ekansiz, davlat kanallarini kuzatmas ekansiz. Deputatlarning deyarli barchasi chiqishlar qilishadi, asosan, davlat kanallarida chiqishadi. Xalqqa nisbatan hammaga qiziq, kichikroq muammoli masalalar bo‘yicha videolar yetib keladi, shunaqa videolar tarqaladi. Shunda ko‘proq ko‘rinish bersak kerak. Muhimroq, kattaroq masalalar davlat kanallarida chiqib, tarmoqlarda tarqalmasa kerak. O‘zimizga baho berishga kelsak, bu noto‘g‘ri deb o‘ylayman, ishimizga besh baho deyishim mumkin, lekin bunga ishonmaysiz. Bahoni siz berishingiz kerak. Bizga qolsa, fermerga hosildorlik haqida berilgan savol bo‘yicha javobi bor-ku, ‘yerni chuqurroq haydaganimiz uchun’ deb javob beriladigan. Yaxshi baho beramiz, chunki ‘yerni chuqurroq haydayapmiz’. Savol sizga berilishi kerak, siz qanday baholaysiz? Biz o‘zimizni yaxshilayveramiz-da. Sizning bahoyingiz esa ob’yektiv bo‘ladi », — deya gapirib o‘tdi Kusherbayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан