Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev:"To‘g‘risi,Toshkent shahar Kengashi deputatlariga havasim kelayapti"
20.01.2021 13:49,  
822

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z telegram sahifasida kecha bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar Kengashida taklif etilgan ba’zi fikrlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi har bir deputatga 2 milliard so‘mdan pul ixtiyoriga berilib, o‘zlari lozim deb topgan maqsadlar uchun ishlatadigan bo‘libdi.

Bu yilning o‘zida Toshkent shahar kengashi deputatlari ixtiyoriga byudjet tushumining orttirib bajarilgan qismidan 120 milliard so‘m mablag‘ berilayapti ekan.

Toshkent shahri tumanlaridagi deputatlarning har biri esa 100 million so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish imkoniga ega bo‘lishibdi.

To‘g‘risi Toshkent shahar Kengashi deputatlariga havasim kelayapti.

Boisi, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar vaqti biz mamlakat miqyosida qabul qilayotgan qonunlar va davlat byudjeti haqida ma’lumot berishimizga qaramay saylovchilar o‘zi yashayotgan ko‘cha qachon ta’mirlanishi, simyog‘ochlar qachon almashtirilishi, qachon ichimlik suvi kelishi kabi masalalar bo‘yicha savollar berishadi.

Ularga shu ko‘proq qiziq. Bu ham tabiiy hol.

Afsuski, deputatda bu kabi alohida muammollarni hal etish uchun so‘rov, iltimos va murojaat kiritish huquqi bor xolos. Alam qiladigani joyida aniqlagan muammoni tezda bartaraf etish uchun mablag‘ni yo‘naltirish imkoni yo‘q: yo qaysidir vazirlik yo hokimlikka yalinish kerak. Va natija ham shundan kelib chiqib.

Umuman har bir Oliy Majlis deputatlari uchun ham shunday amaliyot qilinsa, deputatlardan saylovchilarning roziligi oshgan bo‘lardi.

Bu o‘rinda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va hokimlik o‘rtasidagi ushbu qadamni chin dildan qo‘llab-quvvatlayman va boshqa hududlar ham namuna olsa bo‘ladigan tajriba deb hisoblayman. Albatta agar hududlardagi yakkahokim, Kengash raisi bo‘lgan rahbarlar sal deputatlar uchun ham qayishib, ular bilan hisoblashishni “o‘ziga past ketish” deb tushunishmasa.

Deputat bu mablag‘larni nimaga ishlatadi?

Albatta saylovchilari tomonidan bildirilayotgan eng muhim muammolarni bartaraf etish: ko‘chani ta’mirlash, suvni yaxshilash, aloqa sifatiga qarash va hokazolarga. Eng muhimi bu orqali saylovchilar deputatning haqiqiy kuchini ko‘ra olishadi.

Shahar hokimligining bildirishicha, bir vaqtning o‘zida tumanlar mahalliy byudjeti tushumlarining orttirib bajarilgan qismidan mahallalardagi mavjud muammolarni joyida bartaraf etish uchun har bir mahalla fuqarolari yig‘ini raislariga 50 mln. so‘mdan ajratilar ekan (519 ta mahalla-jami qariyb 26 mlrd.so‘m).

Menimcha shahar Kengashi va hokimlik jamoasi jamoatchilik bilan ishlash va hisoblashishni amalda ham o‘zining ustuvor masalasi sifatida ko‘rayapti.

Xullas bo‘layotgan o‘zgarishlarga ko‘z tegmasin. 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан