Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherboyev “Yil odami” deb e’tirof etildi
8.01.2021 15:56,  
547

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA tomonidan  “Yil tanlovi” e’lon qilingan edi. Ushbu tanlovning “Yil odami” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada taqdim etilgan nomzodlar ichida odamlar dardi bilan yashab, ularni qiynayotgan masalalar haqida dadil gapirib, xalqning ishonchini qozongan Rasul Kusherboyev g‘alaba qozondi. 
   "Davlatimiz rahbari ham uning xizmatlarini e’tirof etib “Kusherboyev ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin menga yoqadi”, deb aytgan. R.Kusherboyev monopollarga qarshi kurashish,noqonuniy “snos”larga qarshi kurashish, hokimlarning noqonuniy qarorlariga qarshi kurashish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda jasoratli qadamlar tashladi va bunday faol faoliyat davom etmoqda. Odamlar dardiga quloq tutish, ularga ko‘mak ko‘rsatish uning deputatlik faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. U faqat o‘z saylovchilari bilan cheklanib qolmay, butun xalqimizning dardi bilan yashaydi, O‘zbekiston bilan birga nafas oladi, - deya e’tirof etadi xabar haqida ma’lum qilgan O‘zA.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан