Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ravshan Ermatov so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi hakamlar ro‘yxatida
14.01.2021 13:19,  
165

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatini tuzdi.

Ushbu ro‘yxatga o‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov ham kiritildi. 2011-2020 yillar oralig‘ida IFFHS hakamlarning har bir yildagi reytingini olgan va shu orqali ularni baholagan.

Yil hakami bo‘lganlarga 20 ball, 2-o‘rindagilarga 19 ball,                 3-pog‘onadagilarga esa 17 ochko berildi va 20-o‘ringa qadar shu tarzda baholangan.

Unga ko‘ra, eng yaxshi hakam deb germaniyalik Feliks Brix (141 ball) topildi. Undan 1 ochkoga ortda qolgan turkiyalik Junayt Chaqir esa 2-bo‘ldi. Kuchli uchlikka niderlandiyalik Born Kyuypers kiritilgan. O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov esa 33 ball bilan 16-o‘rindan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.U faoliyati davomida uchta Jahon chempionatida qatnashib, bosh hakam sifatida 11 o‘yinni boshqargan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан