Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Real» 11-bor Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)​
13.01.2020 12:28,  
179

Kecha, 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogining final o‘yinida Madridning “Real” va “Atletiko” jamoalari to‘qnash keldi. O‘yin Saudiya Arabistonining «King Abdullah Sports City» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli kechgan bahsning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa “Real” 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z tarixida 11-bor Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

“Real” o‘yinchisi Valverde 115-daqiqada ikkinchi sariq kartokcha olgani tufayli, o‘yindan chetlatildi.

Penaltilar seriyasida “Real”dan gollarni Karvaxal, Rodrigo, Modrich va Ramos urgan bo‘lsa, Atletikodan faqatgina Tripperga omad kulib boqdi.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” yarim finalda “Barselona”ni 3:2 hisobida alamli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, finalga yetib kelgan edi.

“Real Madrid” esa “Valensiya” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, birinchi finalchiga aylangan. O‘sha o‘yinning 15-daqiqasida “Real” jamoasi o‘yinchisi Toni Kroos burchak to‘pini super tarzda golga aylantira olgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан