Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Real» – Ispaniya chempioni bo‘ldi va sovrinlar soni bo‘yicha «Barsa»ga yetib oldi (video)
17.07.2020 10:45,  
281

La Liga joriy mavsumi tugashiga bir tur qolganida g‘olib nomi aniq bo‘ldi. O‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilgan «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija klub tarixidagi 91-sovrin va «Real»ning 34-chempionligi bo‘ldi. Zidan vaqtida esa klub ikkinchi marta Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, endilikda «Real» qo‘lga kiritilgan sovrinlar bo‘yicha «Barselona»ga yetib oldi. «Real» shu vaqtgacha 34 marta La Ligada, 19 marta Ispaniya qirol kubogida, 11 marta Ispaniya superkubogida va 1 marta Liga kubogida g‘olib bo‘lgan. Xalqaro sovrinlardan klub hisobida 13ta YeChL kubogi, 2ta UYeFA kubogi, 4ta UYeFA superkubogi, 3ta Qit’alararo kubok va 4ta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bosh sovrini bor.

O‘z navbatida «Barselona» klub tarixida 26 marta La Ligada, 30 marta Ispaniya qirol kubogida, 13 marta Ispaniya superkubogida va 2 marta liga kubogida g‘olib bo‘lgan. Kataloniyaliklar xalqaro maydonda 5ta YeChL kubogi, 5ta UYeFA kubogi, 3ta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi, 3ta Yarmarka kubogi va 4ta Kubok egalari kubogini yutgan.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan «Real» bilan 16-sovrinini qo‘lga kiritdi. Ularning 11tasi murabbiylik vaqtida, 5tasi futbolchilik davrida qo‘lga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан