Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Real Madrid» 115 million Yevroga xarid qilgan futbolchisini yarim narxiga sotib yubormoqchi
8.05.2021 19:12,  
395

Ispaniyaning «Real Madrid» klubi belgiyalik yarim himoyachi Eden Azarni transferga qo‘ygan.

Manbaga ko‘ra, klub xaridorlar bilan muzokara o‘tkazishga tayyor. Ispaniya klubi kamida 50 million Yevro evaziga futbolchini sotib yuborishga tayyor. Bu ikki yil oldin Azar uchun to‘langan summaning yarmini tashkil qiladi.

Shuningdek, Azar bilan xayrlashish haqidagi qaror futbolchining Chempionlar Ligasi yarim finalida «Real»ning «Chelsi»dan mag‘lub bo‘lganidan keyin o‘zini tutishi bilan bog‘liq emasligi ta’kidlangan. O‘shanda belgiyalik yarim himoyachi uchrashuvdan keyin kulib londonliklar futbolchilarni quchoqlagani tasvirlarda aks etgan edi. Keyinchalik Azar bu harakatlari uchun kechirim so‘radi.

«Real Madrid» Azarni 2019 yilning iyunida «Chelsi»dan 115 million Yevroga xarid qilgan edi. Ikki yil ichida turli xil jarohatlar tufayli u 50 dan ortiq uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Umumiy hisobda Azar «Real Madrid» tarkibida 40 ta o‘yinda maydonga tushgan va to‘rtta gol kiritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан