Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi
11.02.2020 09:43,  
265

“O‘zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”  Prezident qarori (PQ–4592-son, 10.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonda gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, tibbiyot muassasalarining laboratoriyalarini reagentlar bilan ta’minlanganlik darajasi 7,5 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, respublika va hududiy tibbiyot muassasalarining gematologik kasalliklarini davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi 2020 yilda 6 barobarga va keyingi yillarda bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Dasturga muvofiq gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 mlrd so‘m va 70,7 mln AQSh dollari ajratiladi.

Qaror bilan Gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab va keyingi besh o‘quv yili davomida “Gematologiya va transfuziologiya” mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlar davlat grantlari asosida tayyorlanadi.

Shuningdek, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti negizida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Markaz Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarining gematologiya bo‘limlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi.

2020 yil 1 apreldan boshlab Markazga Sog‘liqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini yuritish bilan bog‘liq amaldagi tartib tatbiq etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi. 

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashxis qo‘yiladigan va davolanadigan onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан