Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Respublika onkologiya markazining yangi binosi Janubiy Koreya loyihasi asosida quriladi
16.05.2021 08:49,  
55

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida Respublika onkologiya markazining yangi binolarini Janubiy Koreya tajriba va loyihasi asosida barpo etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Ta’kidlanishicha, har bir hududga mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar yetkazib beriladi. Saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat rahbari markazda davolanayotgan bolalarga shifo tilab, ota-onalariga dalda berdi. 
«Bu bir sinov. Ana shu sinovlardan bardosh bilan o‘tib, tezroq sog‘ayib, uyga qaytsalaringiz, hammamiz xursand bo‘lamiz», — dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан